Özbekiston Respublikasi Markaziy Bank rasmiy saytida Pul-kredit siyosati sohasida 2017 yilning IV çoragida amalga oşirilgan işlar yakunlari e'lon qilindi.
Hisobotga köra, tijorat banklari tomonidan kredit resurslarini taqdim etiş şartlari iqtisodiyotning real sektoridagi tadbirkorlik faoliyatining jadallaşişini inobatga olgan holda investitsion resurslarga bölgan talab hajmlariga mos ravişda şakllangan.
Xususan, tahlil qilinayotgan davrda jami kredit portfelining hajmi 5,3 foiz yoki 5,5 trln. sömga oşgan. Mazkur ösişning 84 foizi yoki 4,6 trln. sömi xorijiy valyutadagi kredit portfelining oşişi hissasiga töğri kelgani sababli içki bozorda qöşimça inflyatsion bosimni yuzaga keltirmadi. Bunda milliy valyutadagi kreditlar hajmi 2,1 foiz ösgan bölsa, xorijiy valyutadagi kreditlarning ösişi 7 foizni taşkil qildi.
Milliy valyutadagi kreditlar hajmi ösiş sur'atining sekinlaşişi kredit kanalining pul massasi oşişiga ta'sirini kamaytirişga xizmat qildi.
Öz navbatida, 2017 yilning IV çoragida soliq-byudjyet siyosati doirasida byudjyet hisobvaraqlari va Hukumat depozitlarida mablağlarning jamlanib borilişi pul massasi ösişini maqbullaştiriş hamda Markaziy bankning oltin valyuta rezervlari oşişi natijasida iqtisodiyotdagi pul taklifi ösişining oldini oliş imkonini berdi.
Yuzaga kelgan vaziyat natijasida pul massasining hajmi 2017 yilning IV çoragida 0,6 foiz yoki 450 mlrd. sömga kamaydi.
Bunda, milliy valyutadagi pul massasi 5,2 foiz yoki 2,6 mlrd. sömga kamaydi. 2017 yil yakunlariga köra, milliy valyutadagi pul massasi 9 foiz, xorijiy valyutadagi depozitlarni kurs özgarişlari böyiça qayta baholanişini hisobga olmaganda jami pul massasi 11 foiz oşdi.

2017 yil oktabr-dekabr oylarida pul massasi tarkibi özgarişlari tahlili muomaladagi naqd pul (M0) hajmining 4,2 foiz yoki 862 mlrd. sömga kamayganini körsatmoqda.
Öz navbatida, pul massasidagi naqd pullarning uluşi 2017 yil 1 iyul holatiga 29,7 foizni taşkil qilgan bölsa, yil yakuniga kelib 26,7 foizgaça kamaydi.
Valyuta almaşinuv kurslari şakllanişining bozor mexanizmlari joriy etilganidan söng kurs özgarişlarining nisbatan barqaror (1 foiz doirasida) darajada bölişi milliy valyuta devalvatsiyasining iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga ta'sirini kamaytirib boriş imkonini yaratdi.
Umuman olganda, 2017 yilning IV çoragida kuzatilgan iqtisodiyotdagi pul taklifi dinamikasi va ayirboşlaş kurslari barqarorligi monetar omillar nuqtai-nazaridan iqtisodiyotdagi içki narxlar barqarorligini ta'minlaş uçun zarur şaroitlarni yaratib berdi.
Şu bilan birga, asosiy pul-kredit körsatkiçlarining noinflyatsion dinamikaga ega bölişi şaroitlarida iqtisodiyotda yuqori inflyatsion xatarlarning saqlanib qolayotganligi içki iste'mol bozorlarida narxlarning oşişiga olib keluvçi nomonetar omillarning ta'siri yuqori ekanligidan dalolat beradi.












