Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada Olimpiada arafasida harbiy parad bo‘lib o‘tdi
8 fevralda, Janubiy Koreyaning Pyongchangida Olimpiada ochilishi arafasida Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda mamlakatning 70 yilligi munosabati bilan katta ko‘lamli harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Shimoldan olingan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda Janubiy Koreya hukumati ma'lum qildi.
Avval 40 yil davomida harbiy parad 25 aprelda – mamlakat asoschisi Kir Ir Sen 1932 yilda birinchi partizan otryadini tashkil qilgan kunda nishonlanib kelgan.
8 fevralda esa Shimoliy Koreya muntazam armiyasining 1948 yilda tashkil topgani nishonlanardi. Biroq hanuzgacha bu kun uncha muhim bayram hisoblanmas edi.
Avvalgi yillardan farqli ravishda, joriy paradga xorijiy jurnalistlar taklif qilinmagan.
Yaponiya va Janubiy Koreya OAV ma'lum qilishicha, paradda 13 ming harbiy ishtirok etgan, 50 ming kishi uni tomosha qilgan. Paradda mamlakat yetakchisi Kim Chen In nutq so‘zlagan. “AQShning dushmanona siyosati saqlanib qolar ekan, mamlakatni himoya qilishda qudratli qilich rolini o‘ynovchi Koreya xalq armiyasining missiyasi davom etadi”, deb aytgan Shimoliy Koreya yetakchisi.

So‘ngra armiyaning turli bo‘linmalari yurib o‘tgan. Parad harbiy texnika – tanklar, oddiy va raketa arrtilleriyasi, zirhli mashinalar, aviatsiya namoyishi bilan yakunlangan.
Paradda, shuningdek, “Xvason-15”, “Xvason-14” qit'alararo ballistik raketalari va ularni otuvchi qurilmalar namoyish qilingan.
Shimoliy Koreya Olimpiada arafasida o‘z harbiy qudratini namoyish qilmoqchiligi yuzasidan bildirilgan tanqidlarga bu uning ichki ishi ekanligi va hech kim bu borada unga ayblov bildirishga haqi yo‘qligi bilan javob bergan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
11:33 / 10.05.2026
Zelenskiyning «ruxsati» va KXDR harbiylari. Moskvadagi harbiy parad qanday o‘tdi?
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026