Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter o‘z tarixida ilk bor daromad oldi
Twitter kompaniyasi o‘zining 12 yillik tarixida ilk bor choraklik daromad olganini ma'lum qildi. Bu haqda Recode xabar bermoqda.
2017 yilning 4-choragida kompaniya tushumi 732 mln dollarni, daromadi 91 mln dollarni tashkil qilgan. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqning oylik auditoriyasi o‘zgarmagan – Twitter’dan hali ham oyiga 330 mln kishi foydalanmoqda.
Kompaniyada tushuntirilishicha, foydalanuvchilar soni ortishining sekinlashishi ijtimoiy tarmoqning spam va soxta qayd qilish yozuvlariga nisbatan siyosati qat'iylashtirilgani bilan bog‘langan.
Kompaniyaning reklamadan olgan tushumi 4-chorakda 644 mln dollarni tashkil qilgan. Bunda video ijtimoiy tarmoqning eng ommaviy reklama formati bo‘lib qolmoqda.
Xizmatning kunlik foydalanuvchilar bazasi 12 foizga oshgan, biroq kompaniya bu borada aniq raqamlarni keltirmagan.
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024