21:00 / 08.02.2018
7795

“O‘zbekenergo” AJda Moliyaviy menejment va hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish markazi tashkil etildi

Foto: O‘zbekenergo

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini zamonaviy moliyaviy menejment asosida olib borish va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish maqsadida “Moliyaviy menejment va hisobotlarni xalqaro standartlarini joriy qilish Markazi” tashkil etildi.

Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun moliyaviy menejmentni joriy qilish va hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish maqsadga muvofiqdir. Chunki, moliyaviy hisobotning shaffofligini oshirishga erishish faqatgina xalqaro standartlarga o‘tish orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Yangi joriy etilgan tizim ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy hisobotlarni tuzish va uni takomillashtirishda xorijiy tajribadan foydalanish masalasi muhim o‘rin tutadi.

Markazning asosiy vazifasi balans va moliyaviy hisobotlarni yig‘ish, jamlash, konsolidatsiya qilish va ular asosida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, moliyaviy xatarlarni aniqlash va baholash, moliyaviy risklarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Ushbu amaliyotning joriy etilishidan asosiy maqsad hisob-kitobni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy jihatdan sog‘lom va barqaror faoliyat yuritadigan tizimni shakllantirishga qaratilgan.

Moliyaviy menejment va hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish” markazi moliyaviy hisobotlar, moliyaviy menejment va moliyaviy xatarlarni boshqarish bo‘limlari tashkil etildi.

- Moliyaviy hisobotlar bo‘limi, xar oyda moliyaviy va statistik xisobotlarni yig‘ish, umumlashtirish, konsolidatsiya qilish hamda ularni haqqoniyligi va to‘g‘riligini ta'minlash ishlarini amalga oshiradi. Hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qiladi. Shakllantirilgan hisobotlarni tegishli boshqarmalarga va tahlil o‘tkazish uchun moliyaviy menejment bo‘limiga topshiradi.

- Moliyaviy menejment bo‘limi, olingan moliyaviy va statistik hisobotlarni milliy va xalqaro moliyaviy kriteriylar asosida tahlil qiladi, moliyaviy risklarni aniqlaydi hamda tahlil natijalari yuzasidan Jamiyat rahbariyati va korxonalarning Kuzatuv Kengashlariga ma'lumot va ko‘rsatmalar kiritadi.

- Moliyaviy risklarni boshqarish bo‘limi, tahliliy ma'lumotlar asosida to‘lov qobiliyati, investitsion, kredit, valyuta, inflyatsion, soliq, bankrotlik alomatlari va aniqlangan boshqa moliyaviy risklarni boshqarish, baholash va ularni kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Korxonalarda moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish, to‘lov intizomini mustahkamlash va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda Jamiyat rahbariyati va korxonalarning Kuzatuv Kengashlariga kiritadi.

Mavzuga oid
Top