Jahon | 08:40 / 09.02.2018
3405
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi Yaqin Sharq davlatlariga tashrif buyuradi 

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 11-16 fevral kunlari Iordaniya, Turkiya, Livan, Misr va Kuvaytga tashrif buyuradi. U bu davlatlar rahbarlari bilan terrorchilikka qarshi kurash, mintaqaviy va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qiladi.   

Tillerson Iordaniyada qirol Abdulloh II va tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiy bilan uchrashadi. AQSh diplomatiyasi boshlig‘i Anqarada Turkiyaning yuqori mansabdor shaxslari bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Tillerson Bayrutda Livan prezidenti Mishel Aun, bosh vazir Sa'd Haririy va parlament raisi Nabih Borriy bilan muzokaralar o‘tkazadi. So‘ngra Tillerson Qohirada Misr rahbariyati bilan uchrashadi.

AQSh davlat kotibi Kuvaytda xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi uchrashuvida va Iroqni tiklash bo‘yicha anjumanda ishtirok etadi.     

Ma'lum qilinishicha, Tillerson xalqaro koalitsiya bo‘yicha hamkor davlatlardan bo‘lgan hamkasblari bilan umumiy hisobda uchinchi marta va IShID mag‘lub etilgandan keyin birinchi marta uchrashmoqda.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid