Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh samolyotlari Falcon 9 raketasini bombardimon qilishgani ma'lum qilindi
AQSh harbiy-havo kuchlari Falcon 9 raketasi parvozidan keyin uning Yerga qaytib, okeanda suzib yurgan birinchi pog‘onasini bombardimon qilishgan. Bu haqda anonim manbaga iqtibos keltirgan holda AmericaSpace ma'lum qildi.
Falcon 9 raketasi 31 yanvarda GovSat-1 sun'iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqish uchun uchirilgan. Raketa muvaffaqiyatli uchirilgandan keyin uning birinchi pog‘onasini okeanda cho‘ktirishga qaror qilingan, chunki u qayta qo‘llanmoqchi bo‘lmagan. Biroq raketa nafaqat suvga muvaffaqiyatli tushgan, balki beshikast qolgan.
Manbaning ma'lum qilishicha, harbiylar raketaning birinchi pog‘onasiga xavfsizlik nuqtai nazaridan zarba berishgan. Shuningdek, ma'lum qilinishicha, raketaga egalik qiluvchi Space X kompaniyasi birinchi pog‘onani sohilga qanday olib chiqishni bilmagan.
AQSh harbiy-havo kuchlari ushbu ma'lumotga hozircha hech qanday izoh berishmagan.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026