Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jamoat transportidan foydalanish qulaylashtiriladi
Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Yunusobod tumanida bo‘ldi.
Davlat rahbari Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishi 2-bosqich qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Ayni vaqtda Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasining ikkinchi bosqichini bunyod etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.
O‘zA xabariga ko‘ra, prezident qurilish ishlari bilan tanishar ekan, bu kabi murakkab jarayon nafaqat mablag‘, balki aqliy mehnat va yuksak mahorat, chuqur bilim va tafakkur, yuqori texnologiyalarni talab qilishini ta'kidlagan.
Metroning tonnel asosini yaratish maqsadida 305 metrda beton ishlari bajarilgan va 330 ta yig‘ma temir-beton konstruksiyalari o‘rnatilgan. Tuproq ko‘chishini oldini olish uchun 128 ta beton ustun to‘liq o‘rnatilgan. Metroning yakuniy qismida «Turkiston» bekatini qurish ishlari olib borilmoqda.
«Eng asosiy masala poytaxtimiz ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish. Bunda metro eng qulay vositadir. Jamoat transporti harakatida rejali jadvalni shakllantirish kerak. Ya'ni avtobus ham, metro ham bir yo‘nalishda harakat qilmasligi, bir birini takrorlamasligi kerak. Buning uchun bekatlar bo‘yicha monitoring olib borish zarur.
Metropoliten arzonligi, xavfsizligi va logistikasi bilan odamlarga qulaylik yaratishi kerak», degan prezident.
Qurilishga 200 dan ortiq ishchi va muhandis, 40 ta texnika va mexanizm jalb etilgan. Metro qurilishiga Germaniyadan yer osti tonnelini qazish kompleksi olib kelinib, ushbu texnika Germaniyalik mutaxassislar bilan birga yig‘ilmoqda. Germaniyadan burg‘ulash va temir-beton qoziq qoqish texnikalari, 2 ta 220 tonnalik, 3 ta 70 tonnalik va Xitoydan 10 ta 50 tonnalik kranlar olingan.
Qurilayotgan metro uchastkasining uzunligi 2,9 kilometr bo‘lib, uni 2019 yilda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.
Prezidentimizga metro bekatlarining ko‘rinishi, ularni zamonaviy va milliy an'analar asosida qurish va bezash bo‘yicha ma'lumot berildi. Metro qurilishida ishlatilayotgan texnikalar namoyish etilgan.
Shu yerda Toshkent shahri bo‘ylab barpo etilayotgan yer usti metrosi qurilishi haqida ham ma'lumot berilgan.
Shavkat Mirziyoyev mutaxassislar bilan suhbatlashib, tegishli ko‘rsatmalar bergan.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
11:09 / 02.05.2026