Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari o‘zgarmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat'iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi 11-sonli buyrug‘i vazir P.Bobojonov tomonidan imzolandi.
Buyruq O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilindi.
Buyruqqa ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ–2883-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1010-son «Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat'iy hisobdagi blankalarni berishda avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kun (08.02.2018) dan e'tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Mavzuga oid
14:35 / 20.02.2026
Bino va inshootlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari narxini baholash tartibi belgilanmoqda
09:10 / 12.02.2026
Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
14:36 / 14.07.2025
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi
14:03 / 13.01.2025