Piskent avtopoligonida import avtomobillar sinovi uçun uzoq muddatli elektron navbat paydo böla boşlagani xabar qilingandi. UzTest uşbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
«Har bir avtotransport vositasining sinoviga 20 daqiqa ajratilgan bölib, sinov laboratoriya imkoniyatidan kelib çiqqan holda har kuni 24 soat mobaynida jami 72 ta avtotransport vositasini sinovdan ötkaziş şaroiti mavjud.
Elektron navbat tizimida JŞŞIR böyiça faqatgina bitta navbat olinişi közda tutilgan edi. Ammo avtotransport vositalari egalari elektron navbatni boşqa vaqt va kunlarga ham oliş funksiyalaridan foydalanişni boşlagan.
Misol tariqasida: JŞŞIR 01234567891011 (özgartirilgan) böyiça joriy yil 22 yanvar soat 00:00 ga va 18:00 ga hamda 23 yanvar soat 12:00 ga bir xil avtotransport vositasiga (ZEEKR 001, VIN: L6T79ZCE3RP166454) navbat olingan. Oqibatda elektron navbat oliş tizimida navbat oliş röyxati belgilangan hajmdan oşib ketib, olib borilayotgan elektron navbat ketma-ketligi buzilgan», deyiladi xabarda.
Kelib çiqqan vaziyatni töğrilaş maqsadida elektron navbat oliş tizimi qayta körib çiqilib, quyidagi özgarişlar kiritilgan:
- bitta JŞŞIRga tizimda faqat bitta navbat berilişi joriy qilindi (olingan elektron navbat foydalanilgunça);
- foydalanilmagan elektron navbatni tizimdan avtomatik ravişda öçirib taşlaş;
- sinov laboratoriya xodimlarining sonini köpaytirgan holda sinov vaqtini 15 daqiqa qilib belgilaş (bir kunda 96 ta avtotransport vositasi sinovdan ötkaziladi).
Yangi çeklov Özbekistonga avtomobil olib kirişni 4 barobargaça qisqartirişi mumkin. Qanday qilib?













