Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda besh yil ichida 68 mln fuqaro qashshoqlik domidan chiqarib olindi
XXR Davlat kengashining qashshoqlarga yordam va rivojlanish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z ma'lumotlarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi besh yilda 68,53 mln fuqaro qashshoqlik domidan chiqarib olingan.
Ta'kidlanishicha, Xitoyda qashshoqlik umumiy koeffitsiyenti o‘tgan yilda 2012 yildagi 10,2 foizlik ko‘rsatkichdan 3,1 foizga qadar tushgan, deb xabar bermoqda «Sinxua». Mamlakatda 2017 yil oxiridagi ma'lumotlarga ko‘ra, qariyb 30 mln inson qashshoqlikda kun ko‘radi.
Hukumat rejalariga ko‘ra, mamlakatning 100 uyezdida qashshoqlik muammosi 2018 yilda hal qilinadi. Deyarli 10 mln fuqaroning muammolariga yechim topilishi kutilmoqda.
Xitoy hukumati 2020 yilga kelib mamlakatda qashshoqlikni butunlay tugatish niyatida.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026