Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti KXDRga qachon borishi mumkinligini aytdi
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In KXDR delegatsiyasi bilan shanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Pxenyanni Vashington bilan muloqotni boshlashga chaqirdi. Bu haqda Janubiy Koreya yetakchisi ma'muriyati vakili Seulda tashkil etilgan OAV uchun brifingda xabar berdi.
"AQSh va Shimol o‘rtasida muloqotning yaqin vaqt ichida boshlanishi koreyalararo aloqalarni rivojlantirish uchun ham kerak", - deya Janubiy Koreya prezidenti so‘zlaridan iqtibos keltirgan u. Ma'muriyat vakilining qo‘shimcha qilishicha, maslahatlashuvlar davomida Pxenyan va Seul o‘rtasidagi muloqotni aloqalarni mustahkamlash maqsadida ilgari surishga kelishib olindi.
Kyodo agentligi xabariga ko‘ra, Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Pxenyanga tashrif buyurish bo‘yicha taklifiga o‘z fikrini bildirgan. "Tashrif kelajakda, barcha kerakli sharoitlar yaratilganida amalga oshirilishi mumkin", - deya Mun Chje In ma'muriyati vakilining so‘zlarini keltiradi agentlik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentiga taklif bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026
O‘limga tik boqqan odam – vulqon lavasi ostida qolgan fotograf
21:07 / 25.06.2026
Prezident AQSh Savdo vakili bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
09:40 / 24.06.2026