08:36 / 11.02.2018
5180

AQSh davlat kotibi Yaqin Sharq bo‘ylab turneni boshlaydi

Foto: AFP / Don MacKinnon

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 11 fevralda Yaqin Sharq davlatlari bo‘ylab turneni boshlaydi, u safari davomida Iordaniya, Turkiya, Livan, Misr va Kuvaytga tashrif buyuradi.

Safar 11 fevraldan 16 fevralgacha davom etadi.

Tillerson birinchi bo‘lib Iordaniya poytaxti Ammanga tashrif buyuradi. U bu yerda qirol Abdulloh II va tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan uchrashadi. 

Tillerson to‘xtaydigan keyingi davlat Turkiya bo‘ladi. AQSh davlat departamentida ushbu tashrif turne davomidagi eng murakkablaridan biri bo‘lishi aytilmoqda. Bu yerda ko‘riladigan “muammoli mavzular”dan biri Suriyaning Afrinidagi vaziyat bo‘ladi.

Tillerson so‘ngra Livanga tashrif buyurib, mamlakat rahbarlari bilan uchrashadi.

AQSh davlat kotibi Qohirada Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy va tashqi ishlar vaziri Samah Shukriy bilan uchrashadi.   

Tillerson safari davomida tashrif buyuradigan oxirgi davlat Kuvayt bo‘ladi. U bu yerda Kuvayt rahbariyati bilan uchrashadi va ikki tomonlama hamda mintaqaviy masalalarni, jumladan Qatar atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi. 

Tillerson, shuningdek, bu davlatda o‘tadigan ikkita anjumanda ishtirok etadi. U anjumanlardan birida IShIDga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiyaga a'zo davlatlar vakillari bilan uchrashadi. Tillerson ishtirok etadigan ikkinchi anjuman Iroqni tiklashga bag‘ishlanadi.   

Mavzuga oid
Top