Jamiyat | 15:25 / 11.02.2018
15706
3 daqiqa o‘qiladi

Qur'on musobaqasi poytaxtda davom etadi: manzil va qo‘shimcha ma'lumotlar

Foto: Muslim.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Qur'on musobaqasi mamlakatning turli viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning keyingi bahslari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahri bo‘yicha musobaqaning dastlab tuman bosqichlarida jami 486 kishi ishtirok etadi. Ulardan 302 erkak, 184 ta ayol-qizlar tashkil etadi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqaning Toshkent shahar hududiy (tuman) bosqichlari 2018 yilning 13-15 fevral kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Tuman bosqichlari quyidagi joylarda tashkil etiladi:

Shayxontohur tumani:

Erkaklar: “Shayx Zayniddin” jome masjidi.

Manzil: Shayxontohur  tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi-378 uy. 

Tel.: +998 71 243 25 22.

Boshlanish vaqti: 13-fevral, soat 09-00.

Ayollar: 13-fevral, soat 10-00. “Mumtoz” restorani.

Manzil: Shayxontohur tumani, Shayxontohur ko‘chasi.

Olmazor tumani:

Erkaklar: “Hazrati Imom” jome masjidi.

Manzil: Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘cha, 49-uy. Telefon: +998 71 240 00 23.

Boshlanish vaqti: 15-fevral, soat 09-00.

Ayollar: 14-fevral, soat 10-00. “Farovon ” restorani.

Manzil: Shayxontohur tumani, Farobiy ko‘chasi, 415 uy.

Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlari:

Erkaklar: “Minor” jome masjidi.

Manzil: Yunusobod tumani, Minor mahallasi Minor berk ko‘chasi 1-uy.  Tel. :+998 71 235 17 33.

Boshlanish vaqti: 14-fevral, soat 09-00.

Ayollar: 14-fevral, soat 10-00. “Osiyo” restorani.

Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 5 uy.

Chilonzor va Uchtepa tumanlari:

Erkaklar: “Bisyor ” restorani.

Manzil: Chilonzor tumani, Algoritm dahasi, Qovunchi ko‘chasi,  Tel: 2706228.

Boshlanish vaqti: 14-fevral, soat 09-00.

Ayollar: 15-fevral, soat 09-00. “Bisyor ” restorani.

Manzil: Chilonzor tumani, Algoritm dahasi, Qovunchi ko‘chasi.

Yashnobod, Mirobod, Sergeli va Bektemir tumanlari:

Erkaklar: “Xolid ibn Valid” jome masjidi.

Manzil: Yashnobod tumani, K.Xudoyberdiyev mahallasi Chilon ota ko‘chasi 17-uy.  Tel: 298-24-14.

Boshlanish vaqti: 14-fevral, soat 09-00.

Ayollar: 14-fevral, soat 10-00. “Yangiobod” restorani.

Manzil: Yashnobod tumani, Katta Yangiobod ko‘chasi, 85 uy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid