Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» yutqazdi, «Siti» bilan oradagi farq yanada kattalashdi
Angliya chempionatining 27-turida «Nyukasl Yunayted» «Manchester Yunayted»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Sent-Jyeyms Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 65-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Mett Ritchi urgan gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa, «qarg‘alar» chempionatda 4 o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabasiz seriyasini to‘xtatdi.
Endilikda «Manchester Yunayted» 56 ochkosi bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda, Mourino jamoasi va «Manchester Siti» o‘rtasidagi farq endi 16 ochkoni tashkil qilmoqda. «Nyukasl» 28 ochkosi bilan – 13-pog‘onada joylashgan.
Angliya chempionati
27-tur
Nyukasl – Manchester Yunayted 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65 Ritchi.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Lejyen, Dammett, Kenedi (Atsu, 84), Ritchi, Shelvi, Diame, Yyedlin, Peres (Xeyden, 90), Geyl (Xoselu, 80).
Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Smolling, Valensiya, Matich (Maktomini, 77), Yang, Lingard (Mata, 66), Pogba (Kerrik, 66), Sanches, Lukaku, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Smolling (64), Valensiya (88).
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026