Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekinda erkak supermarketdagi odamlarga pichoq bilan hujum qildi
Foto: Fotokon
11 fevral mahalliy vaqt bilan 13.00da Xitoy poytaxti Pekinning Sidan tumanida 35 yoshli erkak noma'lum sabablarga ko‘ra Joy City supermarketiga kelganlarga hujum qilgan. Oqibatda bir ayol halok bo‘lgan, yana 12 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Bu haqda Pekin politsiyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ma'lum qildi.


Voqea joyiga kelgan politsiyachilar erkakni tezkorlik bilan qo‘lga olishgan. Ayni vaqtda u so‘roq qilinmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xenan viloyatida yashovchi erkak hujumni ataylab amalga oshirganini va shu tariqa “o‘zining noroziligini bildirganini” aytgan. Erkakni hujumni sodir etishga nima yetaklagani hozircha noma'lum.
Sidan tumani Pekinning tarixiy markazida joylashgan bo‘lib, u yerda ko‘plab savdo va ko‘ngilochar markazlari mavjud. Dam olish kunlari bu yer ayniqsa gavjum bo‘ladi.

Mavzuga oid
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025