Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada ikkita yo‘lovchi poyezdi noodatiy to‘qnashib ketdi
12 fevralda Avstriyaning Niklasdorf kommunasida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi. Bu haqda Steiermark-News nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, favqulodda hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, 22 kishi, jumladan 3 bola jarohat olgan. Ularning barchasi shifoxonalarga yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, noma'lum sababga ko‘ra ikkita qo‘shni izda bir-biriga qarama-qarshi harakatlanayotgan poyezdlar burilishda yon tomonidan to‘qnashib ketgan. Buning oqibatida poyezdlardan biri relslardan chiqib ketgan. Tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, poyezdlardan biri xalqaro ekspress poyezd (EuroCity) bo‘lib, Avstriyaning Grats shahridan Germaniyaning Saarbryukken shahriga ketayotgan bo‘lgan. Ikkinchi poyezd esa shahar tashqarisiga qatnovchi elektrichka bo‘lgan. Ayni vaqtda voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda, liniya bo‘yicha qatnov to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026