Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 2 ta sun'iy yo‘ldosh bilan uchirilgan raketaning bo‘laklari uy ustiga tushdi
Xitoyda Sichuan viloyatidagi kosmodromdan “Chanchjen-3B” raketa-tashuvchisi Bedou-3 navigatsiya tizimining ikkita yangi sun'iy yo‘ldoshi bilan birga fazoga uchirildi. Bu haqda 12 fevralda CGTN telekanali ma'lum qildi.
Bu parvoz “Chanchjen” oilasiga mansub raketalarning 267-parvozi bo‘ldi. Sun'iy yo‘ldoshlar orbitaga muvaffaqiyatli yetkazilgan, biroq raketaning tezlashtirgichlari bo‘laklari turar joy ustiga tushgan. Oqibatda yong‘in chiqqan va pushti rang, qo‘lansa hidli tutun tarqalgan. Mahalliy aholi shoshilinch tarzda qochishga tushgan. Jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Avvalroq Xitoy 2018 yilda 40 ta – 35 ta “Chanchjen” hamda 5 ta “Kuaychjou” raketalarini uchirmoqchiligi ma'lum qilingan. Shuningdek, 2020 yilgacha Beidou-3’ning 35 ta sun'iy yo‘ldoshi global navigatsiya tizimini shakllantirishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026