Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda avtobuslarni tekshirish natijasida 1,5 mingdan ziyod qonunbuzarliklar aniqlandi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonda «Avtobus» tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Mamlakatning Investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 yanvardan 8 fevralga qadar 4042 reysli avtobus tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning yarmiga yaqini Janubiy-Qozog‘iston viloyatidadir. O‘tkazilgan ishlar natijasida, transport nazorati inspektorlari va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan 1546 ta turli qonunbuzarlik holati aniqlangan, 1,7 mln tenge (5,3 ming dollar)dan ko‘proq miqdorda jarimalar belgilandi.
Eng ko‘p qonunbuzarlik holatlari transport vositasining reysdan avvalgi texnik ko‘rigi va haydovchilar tibbiy ko‘rigiga tegishli bo‘lgan. Taxminan 260 ta shunday buzilishlar fosh etildi.
Avtobuslarni tekshirish 18 fevralga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 18 yanvar kuni Aqto‘beda ichidagi 52 o‘zbekistonlik bilan yonib ketgan «Setra» avtobusi 2,5 yildan buyon texnik ko‘rikdan o‘tmagani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
18:20 / 19.01.2026