Qo‘ng‘irotda 20 mlrd so‘mlik qanday loyihalar amalga oshirildi?
Kruz.uz Qo‘ng‘irot tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimi Sharaprashid Temirbayevdan intervyu oldi. Suhbat davomida hokim tumanda o‘tgan yilda amalga oshirilgan loyihalar haqida gapirib o‘tgan.
«Tumanimizda o‘tgan yili jami bahosi 26 mlrd. 439 mln so‘mlik 141 loyihani amalga oshirish va 705 yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan edi. Umumiy bahosi 20 mlrd. 372 mln so‘mlik 138 loyiha amalga oshirilib, 504 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Alohida ta'kidlab o‘tadigan bo‘lsam, sanoat bo‘yicha «USTYURTGAZ-STROY INJENERING» unitar korxonasi tomonidan g‘isht ishlab chiqarish, «Qaraqalpaq ko‘mir jyetkizio‘shi» unitar korxonasining Qo‘ng‘irot shoxobchasida ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish, «DIYoRBEK-KUNGRAD» korxonasi tomonidan zamonaviy oyna-eshik ishlab chiqarish va «LAKO KRASKA KUNGRAD» korxonasi tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirildi.
Servis yo‘nalishi bo‘yicha «Madina Dizel servis» MChJ tomonidan avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasi qurildi va «KONIRAT GAYRATI» MChJ tomonidan bankning 600 mln so‘mlik krediti hisobidan 12ta «Damas» avtomashinasi va «Alyan» FX tomonidan bankning 600 mln so‘m krediti hisobidan 2ta «Isuzu» avtobusi olib kelinib, xalqqa xizmat ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha «Baxoridr Maxsud» f/x va «Alyan Alima» f/x tomonidan tuyachilikni rivojlantirish loyihasi, «Kartabayev Begzad» FX tomonidan 100 tonnalik, «Qaraqalpaqstan bayrag‘i» MChJ tomonidan 400 tonnalik va «Kungrad vek stroy» MChJ tomonidan 800 tonnalik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlaydigan muzlatkichlar qurilib, ish boshladi», deydi Sharaprashid Temirbayev.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024