Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 yoshli qizning ko‘zidan 14 ta chuvalchang chiqarib olindi
Olimlar avval faqat hayvonlarda uchragan Thelazia gulosa chuvalchangi (gelmintlar - chuvalchanglar, gijjalarning bir turi) odamlarga ham o‘tishi mumkin ekanini aniqlashdi. Bu haqda Live Science yozmoqda.
Maqolada amerikalik 26 yoshli Ebbi Bekli haqida hikoya qilinadi, u 2016 yilda baliq ovlash paytida o‘z ko‘zida uzunligi 1,3 santimetr bo‘lgan shaffof chuvalchangni topgan. Qiz bir hafta davomida bosh og‘riqlari hamda asabiylik kuzatilganidan so‘ng shifoxonaga murojaat etadi. Tibbiyot xodimlari 20 kun davomida uning ko‘zidagi shilliq pardadan 14 ta Thelazia’ni chiqarib olishdi.
An Oregon woman had 14 worms removed from her left eye. https://t.co/dGJcSMzCgE
— Science News (@ScienceNews) February 13, 2018
Maqolada ta'kidlanishicha, bunday chuvalchanglarning inson ko‘zida uzoq vaqt bo‘lishi muguz parda (ko‘zning eng ustki tiniq pardasi)ning zararlanishi va ko‘zi ojizlikka olib keladi. Biroq, Ebbi Beklida parazitlar olib tashlanganidan keyin yoqimsiz holatlar darhol yo‘qolgan. Shu bilan birga, ko‘z jarohatlari aniqlanmadi.
Keyinchalik AQSh kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi bo‘yicha markazi mutaxassislarining aniqlashicha, chuvalchanglar Thelazia gulosa turiga tegishli bo‘lib, u avval faqat mushuklar, itlar, tulkilar va yirik shoxli qoramolda uchragan. Tadqiqotchilar taxminicha, parazitlar qizning ko‘ziga Musca autumnalis pashshalari tufayli kirib qolgan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026