O‘zbekiston | 18:07 / 14.02.2018
26036
1 daqiqa o‘qiladi

Fevral oyi uchun penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son qarori ijrosi yuzasidan 3,1 mln. nafardan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pensiya va nafaqa to‘lovlarini o‘z vaqtida yetkazilishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati tomonidan joriy yilning fevral oyi uchun talab qilingan mablag‘lar 2018 yil 12 fevral sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirildi.

Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar bergan.

Shuningdek, ishlovchi fuqarolarga pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘lar korxona va tashkilotlarning talabnomalariga asosan 14 fevralgacha moliyalashtirib berildi.

Mavzuga oid