Mart oyida Toshkentga Antoniu Guterrishning kelishi kutilmoqda
Joriy yil mart oyining uchinchi o‘n kunligida Toshkentda “Afg‘oniston — tinch kelajak sari yo‘l” mavzuida xalqaro vazirlar konferensiyasi o‘tkaziladi. Uning asosiy maqsadi: Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralarining asosiy tamoyillarini muvofiqlashtirish, Afg‘oniston hukumati va qurolli muxolifat o‘rtasida muzokaralar olib borish mexanizmini ishlab chiqish, muzokaralar jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro qo‘shma tadbirlarni muvofiqlashtirish, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning ma'lum qilishicha, Toshkent konferensiyasining samaradorligi va natijadorligini ta'minlash maqsadida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, BMT Bosh kotibining Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamichi Yamamoto, Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, Rossiya, Xitoy, AQSh, Hindiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar idoralari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Xorijlik ekspertlarning aytishicha, 1999 yilda Toshkentda O‘zbekistonning tashabbusi bilan "6 + 2" muloqot guruhi yig‘ilishi nizolashayotgan tomonlar vakillari, xususan, “Tolibon” hamda Afg‘onistonning qo‘shni mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan edi. Muzokaralar yakunida Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik jarayonini targ‘ib qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasini hisobga olgan holda, oldinda turgan navbatdagi yig‘ilish afg‘on muammosini hal etishda muhim qadam bo‘lishi mumkin, deb ta'kidlashdi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024