Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda
Foto: AP
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Unda maktabgacha ta'lim muassasalarining joylardagi ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu tizimni har tomonlama tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda qolgan eng kichik jihatlargacha e'tibor qaratdi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, ta'mirlash va jihozlash, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog‘chalar tashkil etish, ularda bolalarni belgilangan me'yorlar asosida to‘g‘ri va sifatli ovqatlantirish, tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va ko‘nikmalarini oshirish kabi qator dolzarb vazifalar muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026