Jamiyat | 13:40 / 15.02.2018
8474
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda «Shirkatlar kuni» yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyatida «Shirkatlar kuni» yig‘ilishi o‘tkazildi. Viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda hududdagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlar raislari, qurilish tashkilotlari hamda tijorat banklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda 2018 yilda mukammal ta'mirlash bo‘yicha Dasturga kiritilgan ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilgan ishlarning tahlili, viloyatda faoliyat olib borayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishini yanada rivojlantirish va tubdan isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga e'tibor qaratildi.

Viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Mash'albek Tajibayev boshqarma huzurida tashkil etilgan «Yagona hisob-kitob markazi» unitar korxonasi faoliyatini takomillashtirish va aholi o‘rtasida keng targ‘ib etishga to‘xtalib, viloyatda aholining ichimlik suvi va issiqlik bilan ta'minlanishiga tanqidiy xulosalarini aytib o‘tdi.

Aholini majburiy badallarini to‘lash intizomini joriy etilishi buyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirish, boshqarma faoliyati haqida aholining tushunchaga ega bo‘lishi masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Soha xodimlari va bank mutasaddilari aholi o‘rtasida Dastur asosida olib borilayotgan ishlar, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Boshqarma tomonidan viloyatda haftaning har shanbasi «shirkatlar kuni» etib belgilangan bo‘lib, joylarda muntazam ravishda kunlik muhokamalar o‘tkazilib borilmoqda.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid