Tsukerberg Facebook’ning 13 mlrd dollarlik aksiyasini xayriya ishlari uchun sotishi mumkin
Facebook asoschisi Mark Tsukerberg rafiqasi Pristsilla Chan bilan birgalikda asos solgan Chan Zuckerberg Initiative xayriya jamg‘armasiga investitsiya qilish uchun o‘zining aksiyalarini sotmoqda. Jamg‘arma olimlar, ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Tsukerberg bir hafta ichida 108 mln dollarlik aksiya sotgan. Aslida bunda hech qanday noodatiy narsa yo‘q. U avval ham aksiyalarini sotib turgan. Biroq bu gal Chan Zuckerberg Initiative matbuot kotibining aytishicha, shu tariqa jamg‘armaga mablag‘lar kiritilishi boshlanmoqda.
Recode nashrining yozishicha, keyingi 13 oy davomida Tsukerberg umumiy hisobda 13 mlrd dollarlik aksiyalarini sotishi mumkin. Barcha mablag‘ jamg‘armaga yo‘naltirilishi kerak.
Ma'lumot uchun, hozirda Tsukerbergning boyligi 72,4 mlrd dollarga baholanmoqda va u bu ko‘rsatkich bilan dunyoning 5-raqamli eng boy odami bo‘lmoqda. Avvalroq juftlik o‘zlarida bo‘lgan Facebook’ning 99 foiz aksiyasini jamg‘armaga o‘tkazishga va'da bergandi.
Tsukerberg jamg‘armani 2015 yil dekabrda ishga tushirganda, har yili 1 mlrd dollardan oshmaydigan aksiyalar sotishini aytgan. U ikki yil ichida jamg‘armaga 1,6 mlrd dollar xayriya qilgan. Biroq u 2017 yil sentabrda rejasini o‘zgartirib, yaqin 13 oy ichida 35 mlndan 75 mlntagacha aksiyasini sotishini ma'lum qilgan. Nashr aynan shu ma'lumotga tayanib, 13 mlrd dollarlik qiymatni olgan.
Agar Tsukerberg maksimal darajada saxovatpeshalik qilishni istasa, unda jamg‘arma 13 mlrd dollarga boyiydi.
Mavzuga oid
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024
Mark Tsukerberg Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida uchrashdi
19:42 / 22.10.2024