Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva oblastida gaz portlashi oqibatida jabrlangan o‘zbekistonliklardan biri vafot etdi
Foto: fvv.uz
Joriy yilning 9 fevral kuni soat 6:55da (Toshkent vaqti bilan) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markaziga Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv milliy markazidan Moskva viloyati, Stupino shaharchasi Torbeyevo qishlog‘idagi kushxonasida go‘shtni qayta ishlash jarayonida gaz ballonining portlash natijasida Rossiyada ishlayotgan O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi kuyish bilan bog‘liq tan jarohat olgani, keyinchalik ulardan biri shifoxonada vafot etganligi haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi tezkor navbatchisi zudlik bilan tegishli ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklariga hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillariga yetkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi Stupino shahar shifoxonasidan Moskva shahridagi A.V.Vishnevskiy nomli xirurgiya instituti va N.V.Sklifosovskiy nomli ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirildi.
2018 yil 14 fevral kuni ertalab A.Qarshiyevning jasadi Moskva shahridan «O‘zbekiston havo yo‘llari» orqali Toshkent shahriga keltirildi. Uning jasadi Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qarindoshlariga dafn qilish uchun topshirildi.
Mavzuga oid
12:57 / 07.09.2025
“Sibir kuchi–2” bitimiga Tramp turtki berdimi?
14:25 / 05.09.2025
Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi
12:29 / 04.09.2025
Elektr va gaz uchun kompensatsiya olgan oilalar soni ko‘paydi
08:34 / 04.09.2025