O‘zbekiston | 14:56 / 15.02.2018
14243
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qirg‘izistondan 500 ming tonnagacha kartoshka sotib oladi 

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Qirg‘izistondan 500 ming tonnagacha kartoshka sotib oladi. Bu haqda 15 fevral kuni Jogorku Keneshning majlisida mamlakat bosh vaziri Sapar Isoqov xabar berdi. Majlisda bahorgi dala ishlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha hukumat ma'lumotlari ko‘rib chiqildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir hafta oldin O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonga tashrif buyurgan.

Bosh vazir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tumanlashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tar ekan, Iqtisodiyot vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi ishlarni boshlagani haqida ma'lum qildi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, bunday miqdordagi kartoshka aynan qaysi davr ichida sotib olinishi oshkor etilmagan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid