Jahon | 07:27 / 16.02.2018
12442
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Floridadagi otishmadan keyin maxsus murojaat bilan chiqdi 

Foto: independent.co.uk

AQSh prezidenti Donald Tramp Floridaning Parklend shahridagi maktabda sodir etilgan otishmadan keyin maxsus murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

14 fevral kunduzi Marjory Stoneman Douglas High School maktabida otishma sodir etilgan. Otishma oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi jarohat olgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, otishmani avval shu maktabda o‘qigan, 1999 yilda tug‘ilgan 19 yoshli Nikolas Kruz sodir etgan.

Tramp o‘z murojaatida hujum qurbonlari va shtat rahbariyati bilan uchrashmoqchiligini aytgan. U, shuningdek, birorta bola yoki o‘qituvchi AQSh maktabida o‘zini xavf ostida deb his qilmasligi kerakligini aytgan. Shu munosabat bilan Tramp ma'muriyati maktablardagi xavfsizlikni oshirish va ruhiy kasalliklar profilaktikasi ustida ish olib boradi.  

“Biz davlatimizda hayot qadriga hurmatni nazarda tutuvchi madaniyatni shakllantirish uchun birga ishlashimiz lozim. Bu madaniyat odamlar o‘rtasida chuqur va muhim aloqalarni yaratishga ko‘mak beradi”, deb aytgan Tramp Oq uydagi murojaatida.

Ma'lum qilinishicha, FQB agentlari gumonlanuvchi internetda hujum sodir etishdan 5 oy avval tahdidlar bildirgan videorolikni joylashtirganidan xabardor bo‘lganlar. O‘smir videorolikda “maktabda mergan bo‘lishini” ta'kidlagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid