Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressida Xitoy bilan urushga tayyorlanish lozimligi aytildi
Garri Xarris. Foto: AFP / Scanpix
AQShning Avstraliyadagi yangi elchisi etib tayinlangan admiral Garri Xarris kongressda Vashington Xitoy bilan urushga faol tarzda tayyorlanishi lozimligini aytdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Admiralning aytishicha, Xitoy muntazam ravishda harbiy qudratini oshirib bormoqda. Yaqin vaqt ichida Xitoy armiyasi Janubiy Xitoy dengizida AQShnikidan kuchliroqqa aylanadi.
Xarrisning ta'kidlashicha, AQShda bu ayoniy holatni payqamaslik afzal ko‘rilmoqda va tahdid inkor etilmoqda. Admiralning aytishicha, siyosatchilar urushdan qochish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishlari lozim, biroq shu bilan birga unga tayyorlanish lozim. Xarris xavf tug‘diruvchi omillar sifatida Xitoy tomonidan Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarda 7 ta harbiy obekt qurilayotganini aytib o‘tdi.
15 fevralda Xitoyning AQShdagi elchisi Tsuy Tyankay Xitoyga muntazam ta'nalar qilish yaxshilik bilan tugamasligi mumkinligini aytgan.
11 fevralda RAND Corporation tahliliy kompaniyasi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ehtimoliy urushning borishi haqidagi ma'ruzani chiqargan. Mutaxassislar xitoylik harbiylar amerikalik askarlar bilan yuzma-yuz to‘qnashishdan qochishga harakat qilishlari va asosiy e'tibor kiberhujumlarga va raqib qo‘shinlarini boshqarish tizimlarini ishdan chiqarishga qaratilishini aytib o‘tishgan.
Mavzuga oid
14:28
AQSh Yevropada senzurani chetlab o‘tish uchun onlayn-portal ishlab chiqmoqda
11:24
AQSh o‘zbekistonlik ayrim shaxslarga viza cheklovlari joriy etdi
09:20
Tramp Qrim sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
09:02