Jahon | 19:18 / 17.02.2018
15828
2 daqiqa o‘qiladi

Tokioda yog‘ochdan eng baland osmono‘par bino qurilmoqchi 

Tokioda yog‘ochdan eng baland osmono‘par bino barpo etilmoqchi. Bino qurilishi bilan Sumitomo Forestry Co yapon kompaniyasi shug‘ullanadi. G‘oyaga ko‘ra, bino 70 qavatli bo‘ladi, balandligi 350 metrni tashkil qiladi.  

Yangi bino deyarli to‘liq yog‘ochdan quriladi, unda po‘lat 10 foizgina bo‘ladi. Binoning barcha tomonlaridagi balkonlarda biologik turfa xillikni saqlab qolish uchun o‘simliklar ekib chiqiladi. Bino qurilishi 600 mlrd iyenga (5,6 mlrd dollar) aylanadi. 

Yaponiya hukumati uzoq vaqt yog‘och binolar afzalliklarini ta'kidlab kelgan va 2010 yilda 3 qavat va undan pastroq barcha binolarda yog‘och elementlarni qo‘llashga majburlovchi qonun qabul qilgan. 

Foto: Sumitomo Forestry Co
Foto: Sumitomo Forestry Co
Foto: Sumitomo Forestry Co
Foto: Sumitomo Forestry Co
Foto: Sumitomo Forestry Co
Foto: Sumitomo Forestry Co
Foto: Sumitomo Forestry Co
Foto: Sumitomo Forestry Co

Mavzuga oid