Isroil G‘azo sektoriga zarbalar berdi
Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari falastinliklarning HAMAS tashkiloti nazoratida bo‘lgan G‘azo sektorining janubiy qismlari bo‘ylab havo zarbalari yo‘lladi. Isroil Mudofaa vazirligi saytida xabar berilishicha, bu hujum tashkilot vakili uyushtirgan terakt oqibatida 4 nafar isroillik harbiy jarohatlanishiga javoban amalga oshirildi.
Samolyotlar jami 18ta obektni nishonga olishgan: Isroil hududiga olib o‘tadigan noqonuniy tunnel, HAMASga tegishli harbiy komplekslar va qurol ishlab chiqarishga ixtisoslashgan obektlar.
«HAMAS yer usti va yer ostida, G‘azoda va undan tashqarida ro‘y bergan bunday voqealar hamda uning oqibatlari uchun javobgardir», — deyilgan xabarda.
17 fevral kuni G‘azo sektori bilan chegara hududida portlash sodir etilishi oqibatida 4 nafar isroillik harbiy jarohatlandi. Bunga javoban dastlab Isroil tomoni G‘azodagi kuzatuv minoralariga o‘t ochdi. Bundan tashqari falastinliklar hududi tomon raketalar uchirildi.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024