Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Kerri: "Eron bilan shartnoma bekor qilinsa, unga bomba tashlashga to‘g‘ri keladi"
AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri Eron atomi bo‘yicha shartnoma bekor qilinsa, harbiy ziddiyat yuzaga keladi deb hisoblaydi.
"Agar biz Eron bo‘yicha shartnomani bekor qilsak, ularga bomba tashlashni boshlashimiz kerak bo‘ladi, biz esa buni istamaymiz", - dedi Kerri Myunxendagi 54-Xavfsizlik konferensiyasida chiqish qilar ekan.
U yadroviy dasturiga doir kelishuvga qaramay, Eron 10 yildan keyin yadroviy qurolni qo‘lga kiritadi deb hisoblovchi Isroil vakillarining bayonotlarini qo‘llab-quvvatlamasligini qo‘shimcha qildi.
"Bu to‘g‘ri taxmin emas va men uni qo‘llab-quvvatlamayman", - dedi Kerri va "Eron xavf tug‘dirishi mumkinligi hamda yadroviy dastur bo‘yicha ba'zi masalalar ko‘rilmay qolib ketgani"ni qo‘shimcha qildi, masalan, inson huquqlariga rioya qilish masalasi.
2015 yilning 14 iyulida Eron va xalqaro vositachilar "oltiligi" (RF, AQSh, Buyuk Britaniya, XXR, Fransiya, Germaniya) o‘rtasida Eron atomi bilan bog‘liq ko‘p yillik muammolarni tartibga keltirish to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolangan. AQShning hozirgi ma'muriyati shartnomani qattiq tanqid qiladi va uni mamlakatning "eng yomon shartnomasi" deb atab, undan chiqish bilan tahdid qilmoqda.
Atom energiyasi xalqaro agentligi har chorakda Eron o‘z majburiyatlarini qoldirmay bajarayotgani haqida hisobot bermoqda.
Mavzuga oid
23:17
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
20:25
Tramp Xominaiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini bildirdi
19:47
Kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun qancha haq to‘lashi kerakligi ma’lum bo‘ldi
11:53