Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-3, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Ustyurt bo‘ylab kechasi 8-10 darajagacha, kunduzi 0-2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab 0-5, ayrim joylarda 8-10 darajagacha sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.