AQSh Suriya bo‘yicha kelishuvlarni bir necha marta yo‘qqa chiqargan – Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqaradagi namoyishda Turkiya Suriya mavzusini AQShning sobiq prezidenti Barak Obama bilan bir necha marta muhokama qilganini aytib o‘tdi. Biroq har gal Vashington Anqarani aldagan va bu ko‘plab marotaba yuz bergan.
“Obama ma'muriyati faqatgina vaqtni cho‘zgan. Biroq hozir aniq tanlov vaqti keldi. Yoki AQSh va'dasini bajaradi, yoki Anqara milliy xavfsizlikka tahdidlar bilan kurashda kerakli qadamlarni amalga oshiradi. Anqara Turkiya aholi punktlarining raketadan o‘qqa tutilishi, tinch aholining halok bo‘lishiga ko‘z yuma olmaydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an “Zaytun shoxi” harbiy amaliyoti “Anqaraning mintaqadagi diplomatik imkoniyatlarini kamaytirdi”, degan gaplarga ishonmaslikka chaqirdi.
“Turkiyaning diplomatik imkoniyatlari cheklangani haqida gap ketmaydi. Aksincha, Anqaraning ishtirokisiz mintaqada birorta qarorni qabul qilib bo‘lmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an Turkiya IShID va suriyalik kurdlarning qurolli tuzilmalariga qarshi muvaffaqiyatli kurashni davom ettirayotganini qayd qilib o‘tgan. Terrorchilarga qarshi kurash ular mintaqani tark etmaguncha yoki yo‘q qilinmaguncha davom etadi, deb va'da bergan Turkiya prezidenti.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024