Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krasnoyarsklik kuyov O‘zbekistondagi o‘z to‘yiga qarzlari tufayli uchib keta olmadi
Rossiyaning Krasnoyarskida istiqomat qiluvchi erkak O‘zbekistondagi o‘z to‘yiga uchib keta olmadi. Sud ijrochilari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uni Krasnoyarsk aeroportida qo‘lga olishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, 32 yoshli erkak mast holda avtomobil boshqargani uchun belgilangan ikkita ma'muriy jarimani to‘lamagan. Qarzning umumiy miqdori 60 ming rublga teng. Erkak o‘z qarzlari haqida bilgan, biroq to‘lashni xohlamagan: «Pullari yo‘qligini aytdi, bu qarzdorlarning odatiy bahonasi», - deya aniqlik kiritishdi mahkama matbuot xizmatidan.
Natijada unga mamlakatdan tashqariga chiqish taqiqlandi, bu haqda esa qarzdor aeroportda bilgan. Erkakning qarzlari uning otasi tomonidan to‘lab berildi. U barcha rasmiy jarayonlardan keyingina O‘zbekistonga uchib ketgan: «Yakunda u O‘zbekistonga uchib ketdi, biroq rejalashtirilgan vaqtdan biroz kechroq», - deya aytib o‘tishgan ijrochilar matbuot xizmatidan.
To‘y kuyovsiz o‘tgan, sababi taklifnomalar tarqatib bo‘lingandi.
Mavzuga oid
10:30 / 03.03.2026
Krasnoyarskda 12 nafar o‘zbekistonlik: diplomatlar vaqtincha saqlash markaziga bordi
08:51 / 07.11.2025
Krasnoyarskda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik ona-bolaga yordam ko‘rsatildi
11:49 / 11.09.2025
Yoshlarga foizsiz qarz beriladi
12:29 / 26.08.2025