Kreml Donbassda tinchlikparvarlarni joylashtirish uchun shartini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Donbassda tinchlikparvarlarni joylashtirish masalasi bo‘yicha bir qaror faqat tan olinmagan respublikalar vakillari bilan muloqot doirasida qabul qilinishi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bir qaror faqat muloqot natijasida qabul qilinishi mumkin. Bu holatda esa Moskva va Kiyev o‘rtasida muloqotning bo‘lishi yetarli emas», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Uning ta'kidlashicha, bunday masalalarni tan olinmagan Donetsk va Lugansk vakillari bilan hal qilish lozim.
«Bunday masalalarga Donbassning tan olinmagan respublikalari vakillari pozitsiyasidan kelib chiqmagan holda yechim topish imkonsiz. Biz bu haqda doimiy ravishda gapirmoqdamiz. Biroq, yana bir bor qaytaraman, qaror faqat muloqot doirasida qabul qilinishi kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Peskov.
Uning eslatishicha, tinchlikparvarlik missiyasi g‘oyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegishlidir.
Mavzuga oid
16:28 / 17.11.2024
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:24 / 17.11.2024
«Eng yirik havo hujumlaridan biri». RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar uyushtirdi
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
14:00 / 16.11.2024