Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada zilziladan keyin favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi
18 fevralda Meksika fuqarolik mudofaasi milliy xizmati 16 fevralda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Oaxaka shtatidagi 33 munitsipalitetda favqulodda vaziyat tartibi joriy qilinishini e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu chora bu hududlarga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan maxsus jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish imkonini beradi. Favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilinishini shtat rahbariyati so‘ragan.
16 fevralda Oaxaka shtatida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Hukumatning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, yuzlab inshootlarga ziyon yetgan. Milliy seysmologik xizmatning ma'lum qilishicha, 16 fevraldan boshlab 1,5 mingtadan ko‘proq aftershok qayd qilingan.
Hozir shtat aholisiga yordam berish uchun 4,8 mingga yaqin harbiy jo‘natilgan. Ularga vertolyot va samolyotlar ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026