Jahon | 15:28 / 19.02.2018
11245
3 daqiqa o‘qiladi

MRB sobiq agenti AQShning butun dunyo bo‘ylab saylovlarga aralashuvi haqida gapirdi

Foto: Getty Images

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan so‘ng o‘n yillab vaqt davomida boshqa davlatlardagi saylovlar hamda ichki siyosiy jarayonlarga aralashib kelgan. Bu haqda New York Times Amerika maxsus xizmati sobiq xodimi va MRB faoliyati bo‘yicha ekspert Skott Sheynga asosan yozmoqda.

MRBda 30 yil davomida ishlaganidan so‘ng 2015 yilda iste'foga chiqqan Stiven Xollning so‘zlariga ko‘ra, AQSh MRB faoliyat olib borayotgan vaqt davomida saylovlarga ta'sir o‘tkazish bo‘yicha amaliyotni «aniq o‘tkazgan».

«Agarda siz razvedka zobitidan ruslar qoidalarni buzayotgani yoki noodatiy nimanidir qilayotgani haqida so‘rasangiz, shunday javob olasiz: yo‘q, umuman yo‘q», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

1970-yillarda Kongress senatida MRB faoliyatini surishtiruvdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan, Jorjiya shtati Universitetidan bo‘lgan Lok Jonson esa 2016 yilgi saylovlarga aralashishga urinishni Amerika maxsus xizmatlarining odatiy amaliyotlari kiberversiyasi, deb atadi. «Biz buni MRB 1947 yilda tashkil etilganidan beri qilib kelganmiz. Biz posterlar, pamfletlar, pochta, plakat – istalgan narsadan foydalanganmiz. Xorijiy gazetalarda yolg‘on ma'lumotni joylashtirganmiz, chamadon-chamadon pullarni olib borib berganmiz, britaniyaliklar buni «qirol Georg kavaleriyasi» deb atashadi», - deya ma'lum qilgan Jonson.

Ma'lumotga ko‘ra, bunday amaliyotlarning eng birinchisi Italiyada 1940-yillarda ro‘y bergan, u yerda amerikaliklar saylovlarda to 1960-yillarga qadar kommunistlarning raqiblariga maxfiy tarzda yordam berishgan. Maqolada MRBning Eron va Gvatemalada 1950-yillarda hokimiyat o‘zgarishi, siyosatchilarga suiqasdlar va Lotin Amerikasi, Afrika hamda Osiyodagi diktatorlik rejimlarini qo‘llab-quvvatlashga aloqadorligi aytiladi. AQShning boshqa davlatlar saylovlariga aralashuvi haqida so‘z yuritilar ekan, Pensilvaniya shtatidagi Karnegi-Mellon Universitetidan bo‘lgan Dov Levin 1946-2000 yillar davomida 81 ta shunday holatni hisoblab chiqqan. Bu ekspertning fikricha, o‘tgan vaqt ichida SSSR hamda Rossiyada 36 bora shunday amaliyot o‘tkazilgan.

Maqolada AQShning 2000 yilda Serbiyadagi va 1996 yilda Rossiyadagi saylovlarda tutgan o‘rni haqida ma'lumotlar keltirilgan.

MRBning iste'fodagi agenti, razvedka boshqarmasida 1979-1996 yillarda xizmat qilgan va maxfiy amaliyotlar tahlili bilan shug‘ullangan Uilyam Dogertining fikricha, AQSh maxsus xizmatlari hozirgacha «ko‘plab eski narsalar»dan foydalanishmoqda.

«Mening taxminimcha, ular ko‘plab eski narsalardan foydalanmoqda, bilasizmi, bu hech qachon o‘zgarmaydi. Texnologiya o‘zgarishi mumkin, lekin maqsad emas», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Mavzuga oid