Qo‘shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Laylak tumanining Isfon shahrida davlat chegara xizmati xodimlari uchun qurilgan ko‘p kvartirali turar joy binosi ochilishida ishtirok etdi.
Prezident chegarachilarni yangi uy bilan muborakbod etib, davlat ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga alohida e'tibor ajratayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Jeenbekov qo‘shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerakligini, mavjud muammolarni esa muzokaralar yo‘li bilan hal qilish lozimligini ta'kidlab o‘tgan.
“Mening tashriflarim davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro maqbul yechimlarga erishdik. Avval O‘zbekiston bilan chegaraning 85 foizi aniqlashtirib olingan. Biz bu yo‘nalishda muloqotni davom ettiramiz. Tojikiston bilan ham chegara masalalari bo‘yicha ijobiy yo‘nalishda muzokaralar davom etmoqda”, deb aytgan Qirg‘iziston prezidenti.
Prezident chegaraoldi hududlari aholisiga qiyinchilik va muammolarga qaramasdan, ular bu yerlarni tark etmasdan yashayotganlari va vatan ravnaqi uchun mehnat qilayotganlari uchun minnatdorlik bildirgan.
Jeenbekov kunu-tun, issiq-sovuqqa qaramay davlatni qo‘riqlayotgan chegarachilarga minnatdorlik bildirgan va ularga o‘z harbiy burchlarini vijdonan bajarishni tilab qolgan.
Jeenbekov bolalar maydonchasi qurilishiga 200 ming somlik sertifikat topshirgan hamda yangi kvartiralarni ko‘zdan kechirib, uylarning yangi egalari bilan suhbatlashgan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024