Sport | 18:31 / 20.02.2018
9569
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisini buyragini bergan qarindoshi qutqarib qoldi

Foto: Sky Sports

«Manchester Yunayted» sobiq o‘yinchisi Endi Koulning aytishicha, ikki yillik dializdan so‘ng buyrakni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi. 

2015 yilda sportchi Vetnamdan qaytib kelganidan so‘ng noma'lum virusni yuqtirib olgan. Sobiq futbolchi ikki yil davomida dializ jarayonini boshidan o‘tkazgan, so‘ng qarindoshi Aleksandr Palmerning buyragi ko‘chirib o‘tkazish uchun mos tushishi aniqlandi.

«Kasallik meni oyoqdan yiqitdi. Juda og‘ir bo‘ldi. Oilam donor topish uchun tinmay harakat qildi. Mening qarindoshim esa donor bo‘lishga tayyorligini aytdi. O‘shanda u 27 yoshda edi. Men agar hammasi ko‘ngildagidek bo‘lmasa, axir u men tufayli o‘zini xavfga qo‘ymoqda, deb o‘ylagandim...

Yaxshiki, hammasi joyida bo‘ldi. Aleks juda katta ishni qildi. Men butun qolgan umrim davomida undan qarzdor bo‘laman», - deya Koulning so‘zlarini keltiradi Mirror.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» tarkibida Koul YeChLda g‘alaba qozongan va besh marta Angliya chempioni bo‘lgan.

Mavzuga oid