O‘zbekistonlik ikki sportchi velosport-trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo Chempionatining yetakchi uchligida
16-20 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida erkaklar, ayollar va yoshlar o‘rtasida velosport-trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo Chempionati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston velosport federatsiyasi xabar tarqatdi.
O‘zbekiston velosiped sporti terma jamoasi a'zosi Murodjon Holmurodov qizg‘in kechgan jangda Jahon kubogi g‘olibi Qozog‘iston velosportchisi Panassenko Nikita hamda Osiyo Chempioni Yaponiya velosportchisi Imamura Shunsukeni ortda qoldirib, faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mazkur Osiyo Chempionatida 1-o‘rinni egallagan Birlashgan Arab Amirliklari sportchisi Mirza Al-Hamadiy Yusuf Muhammad Ahmad joriy yilning 6-12 fevral kunlari Myanma davlatida “2018 Asian Road & Para Cycling Championships” velosport-shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar, ayollar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida oltin medal sohibi bo‘lgan. 2-o‘rinni Gonkong velosportchisi Cheung King Lok egalladi, u ham joriy yil 6-12 fevral kunlari Myanma davlatida “2018 Asian Road & Para Cycling Championships” velosport-shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar, ayollar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida yakkalik poygasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston velosiped sporti terma jamoasi a'zosi Yevdokimov Danil ham yoshlar o‘rtasida Omnium bahslarida marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medal sohibi bo‘ldi. Davlatlar o‘rtasidagi natijalar quyidagicha bo‘ldi: Koreya - 1-o‘rin, O‘zbekiston - 2-o‘rin, Xitoy taypey - 3-o‘rin.
Mavzuga oid
21:22 / 09.09.2024
Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga sovg‘alar topshirildi - fotolar
14:07 / 09.09.2024
9 sentabrda mahalliy aviareyslarning ayrimlari xalqaro terminalda amalga oshiriladi
09:30 / 09.09.2024
Parijda Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi. Xitoy birinchi, O‘zbekiston - 13-o‘rinda
14:16 / 06.09.2024