Jahon | 20:37 / 21.02.2018
8964
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning 12 prezidentiga maslahatchi bo‘lgan ruhoniy vafot etdi

Foto: Getty Images

AQShning Sharlott shahridagi (Shimoliy Karolina shtati) uyida 20-asrning eng nufuzli ruhoniylaridan biri hisoblangan, diniy va jamoat arbobi Billi Grem 99 yoshida vafot etdi.  

Grem dunyodagi eng yirik baptist tashkiloti va AQShda izdoshlari soni bo‘yicha birinchi raqamli protestant tashkiloti – Janubiy baptist konvensiyasi pastori hisoblangan. 

Grem, shuningdek, Garri Trumendan boshlab Barak Obamagacha AQShning 12 prezidenti maslahatchisi bo‘lgan. U Duayt Eyzenxauer, Lindon Jonson va Richard Nikson bilan ayniqsa yaqin munosabatlarda bo‘lgan. Bundan tashqari, Grem qora tanlilar huquqlari uchun kurashuvchi harakat yetakchisi Martin Lyuter King bilan do‘st bo‘lgan..

Grem 1918 yilda tug‘ilgan. U 1949 yilda Los-Anjyelesda 8 hafta davom etgan va'zxonliklaridan keyin dunyoga tanilgan. U shundan boshlab dunyoning 185 ta davlatida 215 mln kishi oldida va'zxonlik qilgan.

Grem Gellap instituti tomondan tuziladigan, dunyoning eng hurmat qilinuvchi odamlari yetakchi o‘ntaligiga 60 marta kiritilgan.  

1992 yilda Gremga Parkinson kasalligi tashxisi qo‘yilgan. U 2005 yilda sog‘lig‘i sababli rasman pensiyaga chiqqan.  

Mavzuga oid