Janubiy Afrikada ruhoniy maxsus marosimda öz izdoşlarini motor moyi içişga majburlagani tasvirlangan fotosuratlar katta janjalni keltirib çiqardi. Bu haqda The Star naşri xabar bermoqda.
Hodisa JAR şimoli-şarqidagi Deyviton qişloğida röy bergan. Facebook’dagi nasroniy taşkilotlardan birining sahifasida taqdim etilgan suratlarda ruhoniy Teo Bongani Maseko diniy marosimga kelgan kişilarga Chevron motor moyini içirayotganini köriş mumkin.
Uning The Star jurnalistiga ma'lum qilişiça, şu tariqa Parvardigor kuçini körsatmoqçi bölan. «Biz duo qilganimizda, zahar öladi hamda kişilarga zarar yetkaza olmaydi, — tuşuntirdi Maseko. — Heç nima bölgani yöq, heç kim kasalxonaga yotqizilmadi».
Diniy, madaniy va tilşunoslik jamiyatlari huquqini himoya qiliş va ilgari suriş böyiça komissiya raisi Toko Mxvanazi-Zaluva esa «qaçondir bunday kişilar halok böladi. Biz bu röy bermaganidan xursand bölişimiz kerak», - deya ma'lum qildi.
Chevron’ning JARdagi vakolatxonasi ham motor moyini içiş mumkin emasligini eslatib ötdi. «Bunday mahsulotlar osonlik yonadi va iste'mol qilinganda katta xavf keltirib çiqaradi», - deyilgan kompaniya bayonotida.















