23:16 / 21.02.2018
33342

Bojxona qo‘mitasi rahbariyati tarkibida yana o‘zgarish yuz berdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raimov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.

Ayni paytda Davlat Bojxona qo‘mitasi rasmiy saytida rahbariyat tarkibida rais birinchi o‘rinbosari ko‘rsatilmagan va o‘zgarish haqida xabar keltirilmagan. Shuningdek, rais sobiq birinchi o‘rinbosari nima sababdan lavozimidan bo‘shatilgani ham aytilmayapti. Bungacha Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Murodjon Azimov qo‘mita raisi etib tayinlanganidan so‘ng birinchi katta o‘zgarish yuz bermoqda. 

Ma'lumot uchun, Raimov qo‘mitada Bojxona nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi, Bojxona tekshiruvlari va surishtiruvlari boshqarmasi va Huquqiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qilgan.

Mavzuga oid
Top