Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashviliga 2021 yilgacha Ukrainaga kirish taqiqlandi
Foto: Reuters
Ukrainaning Mostiska chegara otryadi boshlig‘i Mixail Saakashviliga 2021 yil 13 fevralgacha Ukrainaga kirishni taqiqladi. Bu haqda Saakashvilining advokati Ruslan Chernolutskiyga iqtibos keltirgan holda “Interfaks-Ukraina” nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Ukraina davlat chegara xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Vasiliy Servatyuk Chernolutskiyning so‘roviga javoban chegara xizmati ma'muriyati ushbu qarorni Ukraina qonunchiligi talablariga to‘liq mos keladi, deb hisoblashini ta'kidlab o‘tgan.
Saakashvilining advokati chegara xizmatining bu qarori noqonuniy ekanligini va uning ustidan arz qilinishini aytgan.
Saakashvili 12 fevralda Kiyevda qo‘lga olinib, samolyotda Varshavaga yetkazilgan. Saakashvili Polsha hududida Ukraina milliy migratsiya xizmati tomondan topshirilgan readmissiya (ortga qabul qilish) haqidagi bayonotga ko‘ra qabul qilingan.
Mavzuga oid
20:56 / 31.03.2026
Rossiya Ukrainaga Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqish uchun ikki oy muhlat berdi – Zelenskiy
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:18 / 28.03.2026
Ukrainada urush uchun pul iyungacha qolgan
10:08 / 28.03.2026