Jahon | 10:11 / 22.02.2018
6677
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh yadroviy zaryadga ega qanotli raketalardan qanday shartda voz kechishini aytdi 

Foto: Reuters

AQSh yadro zaryadiga ega, dengizda joylashadigan qanotli raketalardan, agarda Rossiya o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvni bajarsa voz kechadi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar mudofaa vazirining yadro va raketa mudofaa siyosati masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Robert Sufer ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Biz doktrina haqida gapirmoqdamiz. Agarda Rossiya o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvga yana rioya eta boshlasa, taktik yadro qurolini qisqartirish haqida muzokaralarga qaytsa, xalqaro arenadagi tajovuzkor geosiyosiy harakatlarini o‘zgartirsa, biz dengizda joylashadigan qanotli raketalar haqida gaplashib olishimiz mumkin bo‘ladi, bizga uni joylashtirish ham talab etilmaydi», - deya aytib o‘tdi Sufer Vashingtonda yadroviy bosib turish bo‘yicha sammitda chiqish qilib.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid