Basketbol klubi egasiga o‘yinlarni yutqazib berish chaqirig‘i uchun katta jarima solindi
Milliy basketbol uyushmasining (MBU) “Dallas Maveriks” klubi egasi Mark Kyuban chempionat o‘yinlarini yutqazib berish chaqirig‘i uchun 600 ming dollarlik jarimaga tortildi.
Kyuban o‘yinchilarga musobaqa jadvalida eng past o‘rin olib, 2018 yildagi yangi o‘yinchilarning ilk tanlovi uchun yuqori imkoniyatlarni olish uchun o‘yinlarni yutqazib berishni tavsiya qilgan.
ESPN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, MBU Kyubanning bu chaqirig‘ini “tashkilotga ziyon yetkazuvchi” deb topib, unga jarima solgan.
Joriy chempionatda “Maveriks” G‘arbiy konferensiyada 58 ta o‘yindan 18 tasida g‘alaba qozongan holda, oxirgi o‘rindan bitta oldingi – 14-o‘rinni egallamoqda.
Klubga yangi o‘yinchilarni tanlash (draft) huquqini qo‘lga kiritishda mavsumda eng yomon natijalar ko‘rsatgan klublarga ustunlik beriladi. Bu bo‘sh klublarga istiqbolli yangi o‘yinchilar bilan kuchayish imkonini berish uchun amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
22:00 / 23.10.2024
Tarixda birinchi marta ota-o‘g‘il basketbolchi NBA o‘yinida birgalikda ishtirok etdi
13:48 / 15.06.2023
Ruslan Davletov basketbol federatsiyasi raisi lavozimidan ketdi, uning o‘rnini Ilhom Mahkamov egalladi
20:58 / 16.12.2020
Milliy basketbol uyushmasi tarixida o‘yinchi bilan rekord qiymatdagi shartnoma tuzildi
00:15 / 29.10.2020