Jamiyat | 13:38 / 22.02.2018
23974
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Dehqon-fermerlar va agronomlar diqqatiga: O‘zbekistonda o‘simliklarni himoyalovchi vositalar ishlab chiqarilmoqda

Foto: Ifoda

O‘zbekistonda agrar xo‘jaligini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan yurtdoshlarimiz juda ko‘p. Bugungi kunda dehqonchilik yoki fermerchilik sohasida eng ilg‘or, zamon bilan hamnafas tadbirkorga aylanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Biroq dehqonlarga mo‘l hosil yig‘ishga to‘sqinlik qiluvchi muammo mavjud: ekinlar orasida paydo bo‘luvchi turli zararkunandalar, yovvoyi o‘tlar va o‘simlik kasalliklari. Aynan shu kamchiliklar sababli ba'zida biz kutgan natijaga erisha olmaymiz. Bu esa o‘z navbatida tadbirkor dehqonlarning nafaqat moliyaviy daromadi, balki ish faoliyati samaradorligiga salbiy ham ta'sir ko‘rsatadi.

Endi esa bu muammoning oldini olish va uni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyati bor.

“O‘ZAGROKIMYoHIMOYa” AJ tarkibiga kiruvchi “IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” mas'uliyati cheklangan jamiyati bir necha yillardan buyon Respublikamizdagi dehqon va fermer xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqa va issiqxona egalari hamda sohaga daxldor boshqa korxona va tashkilotlarga o‘simliklarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishda qo‘llaniladigan samarali kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar va sabzavot urug‘larini yetkazib berib kelmoqda.

IFODA mahsulotlari

Kompaniyamizning malakali mutaxassislari respublikamizning qishloq xo‘jaligi sohasida o‘simliklarni himoya qilish madaniyatini rivojlantirishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shish bilan birga, mahsulotlarimizning samaradorligi va xilma-xilligi bo‘yicha tinmay izlanishlar olib bormoqdalar. Shunga ko‘ra, taklif etilayotgan mahsulotlar samaradorligi va soni jihatidan yildan-yilga ortib bormoqda.

Bugungi kunda kompaniyamiz taklif qilayotgan mahsulotlar soni 150 dan ortiq bo‘lib,mahsulot turlarini shakllantirishda, avvalo, kompaniyamiz mijozlarining talab va istaklari inobatga olinmoqda. Keyingi yillarda mahsulotlarimizga bir necha turdagi mineral va organik o‘g‘itlar hamda kimyoviy vositalar qo‘shildi. Bulardan tashqari, savdo shoxobchalarimizda yuqori sifatli sabzavot va poliz ekinlari urug‘lari ham taklif etilmoqda.

Foto: Ifoda

IFODA kompaniyasining hududiy filiallari

Respublikadagi dehqon va fermerlarga yanada yaqinroq bo‘lish niyatida barcha viloyatlar bo‘ylab 100 ga yaqin filiallar (savdo shoxobchalari) faoliyat ko‘rsatmoda. Filiallardagi mutaxassis savdo-menejyerlari xaridorning ekin zararkunandalari haqidagi barcha savollariga javob berib, zararkunandalarga qarshi samarali kurashish uchun kerakli mahsulotlarni taklif etadilar.

Foto: Ifoda
Foto: Ifoda
Foto: Ifoda

IFODA jamoasi

Kompaniyaning barcha xodim va mutaxassislari Respublikadagi eng yuqori malakali xodimlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning faoliyati mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va ularning ishonchlarini qozonishga qaratilgan. Kompaniya tashkil etilgan vaqtda xodimlar soni 5 nafardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning soni 180 taga yetdi. Bu raqam kun sayin ortib bormoqda.

Foto: Ifoda
Foto: Ifoda

Kompaniya xodimlarining 40 nafari yuqori malakali agronom-mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular Respublikamizning barcha hududlardagi mijozlarimizga qishloq xo‘jaligi ekinlaridagi zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarni aniqlash, tashxis qo‘yish, taxlil qilish va zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha bepul agronomik xizmatlar ko‘rsatadilar. Agronom-konsultantlarimiz mijozlarimizning ekin maydonlariga borish, tuproqning namligi va unumdorligini tahlil qilish, kasallik va zararkunandalarni aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar hamda aloqa vositalari bilan ta'minlangan.

Foto: Ifoda
Foto: Ifoda

Mutaxassislarimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun yer tayyorlashdan boshlab to hosil yig‘ib olingunga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha agrotexnik tadbirlar - o‘simliklarni parvarishlash  va himoya qilish bo‘yicha dasturlar tuzib chiqilgan bo‘lib, mijozlarimizga taqdim etiladi. Bundan tashqari, har bir yirik mijozimizning talabiga ko‘ra, uning ekin maydonlari o‘rganilib, shu ekinlarga xos dasturlar tuzib beriladi.

Kompaniyada ISO sifat boshqaruvi

IFODA kompaniyasida 2014 yildan beri boshqaruvning sifat tizimiga o‘tilgan bo‘lib, ISO 9001 sifat sertifikatiga ega. ISO sifat tizimi boshqaruvi bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, kompaniya bo‘limlari ish faoliyatini va jarayonlarni tashkil etishning qulayligi, kompaniya va uning xodimlari faoliyatini haqqoniy baholab berish imkoniyati mavjudligi, bozor va mijozlar uchun optimal narxlar shakllantirish, mahsulot va xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori darajaga chiqish va doimiy takomillashib borishi, mijozlarga qulayliklar yaratish va ularga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilganligi ushbu sifat boshqaruvining e'tiborli jihatlaridandir.

Foto: Ifoda

O‘simlik zararkunandalariga qarshi profilaktik ishlov berish

Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, eng yuqori samaradorlikka preparatlarni belgilangan me'yorlarda profilaktik (oldini olib) ishlov berish usuli bilan qo‘llanilgandagina erishish mumkin. Jahon tajribasida ham profilaktik ishlov berish – mo‘l hosil olish garovi ekanligi isbotlangan! Shunga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari ekinlarga kasallik va zararkunandalar tushmasdan oldin yoki tushishining ilk bosqichlaridayoq o‘z muddatida, sifatli qo‘llashni tavsiya etadilar.

O‘simliklarni himoya qilish vositalari endi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda      

IFODA kompaniyasi tomonidan innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha doimiy izlanishlar olib boriladi. Albatta, dastavval mijozlarning ortib borayotgan talablari, ularning xohish va istaklari hamda bozor konyunkturasi hisobga olinadi.

Kompaniya tomonidan eng ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish zavodi loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi, import o‘rnini bosadigan sifatli o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va mahalliy bozorni ta'minlash hamda eksport qilishdan iborat.

Foto: Ifoda
Foto: Ifoda

Har bir mijoz - e'tiborda!

Respublikamizning barcha xududlarida kompaniyaning malakali mutaxassislardan iborat agronomik jamoa sizning ekin maydonlaringizni doimiy nazorat qilishadi va ekinlarni himoya qilish, hosilni saqlab qolish, ko‘paytirish bo‘yicha bepul maslahatlar beradilar. Bu ham mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan faoliyatlardan biridir!

“Biz  taklif qilayotgan kimyoviy preparatlar yordamida dehqonlarimizning hosili mo‘l bo‘lsa va yuqori daromadga erishsalar, o‘zimizni behad baxtiyor his etamiz. Zero, bizning oliy maqsadimiz va shiorimiz mo‘l, sifatli va yuqori daromad keltiruvchi hosilni mijozlarimiz bilan birgalikda yetishtirishdir!”.

"Ifoda agro kimyo himoya"ni YouTube'da tomosha qiling!

Sizga chuqur ehtirom bilan,
IFODA kompaniyasi jamoasi
Murojaat uchun telefon (Call-center): (+99871) 147 0500
Email: info@ifoda.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid