Honda biznes sinfdagi samolyotlar sotuvi bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqdi
Yaponiyaning Honda Motor avtomobil konserni 2017 yilda o‘zining biznes sinfdagi HondaJet kichik samolyotlari sotuvi hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kompaniyaning payshanba kuni rasman ma'lum qilishicha, mijozlarga 43 ta shunday mashina topshirilgan. Bu o‘tgan yilda bunday samolyotlar toifasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
HondaJet – yetti o‘rinli reaktiv samolyot bo‘lib, kompaniya uning ustida 1997 yildan beri ishlagan. Uning narxi – 4,9 mln dollar. Samolyot, Kyodo axborot agentligining qayd etishicha, korporativ rahbariyat hamda badavlat jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan.
Honda Motor’dan bildirishlaricha, bu mashina tezlik va sarflanadigan yoqilg‘i nisbati bo‘yicha dunyo bo‘ylab eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biriga ega. Ikkita reaktiv dvigatelga ega kichik samolyot soatiga 770 kilometr tezlik bilan 13 kilometrlik balandlikda parvoz qilishi mumkin.
HondaJet AQSh hududida ishlab chiqariladi. Bunday qaror yangilik aynan Qo‘shma Shtatlarda katta talabga ega bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘langan.
Mavzuga oid
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024