Jahon | 10:00 / 22.02.2018
4031
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu: Isroil Avstraliyadagi samolyotda teraktning oldini olishga yordam berdi

Foto: Gali Tibbon/AP

Isroillik razvedkachilar Avstraliyadagi samolyotda, shuningdek yana o‘nlab boshqa teraktlarning oldini olishda yordam berishdi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Isroillik razvedka xizmatlari Avstraliya layneri halokatining oldini olishdi – bu dahshatli fojia bo‘lishi hamda jahon aviasohasi ishidagi buzilishga olib kelgan bo‘lardi. Bu biz butun dunyo bo‘ylab amalga oshishiga yo‘l qo‘ymagan o‘nlab terrorchilik hujumlaridan faqat bittasi», - deya aytib o‘tdi Netanyahu.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, Isroil oldini olishga yordam bergan teraktlarga Yevropa mamlakatlarida tayyorgarlik ko‘rilgan. Ular fuqarolik aviatsiyasidan foydalanishni nazarda tutgan hamda tarixdagi eng keng miqyosli bo‘lishi mumkin edi, deya qayd etgan Isroil bosh vaziri.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid